• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Rasmiy munosabat

Kun : 04-04-2024   /   Hokimlik yangiliklari / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 493

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanidagi 32-maktabning ta'mirlash ishlari sifatsiz bajarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz. 

Koson tumani bo’yicha 2023-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo’yicha Xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tasdiqlangan manzilli ro’yxatda Koson tumani hududlari doirasida "Etak" mahallasida mavjud eng og’ir ahvolda bo’lgan, 32-sonli maktabni kapital ta'mirlash qilinishi ko’rsatilgan. 

Ushbu "Etak" MFYda joylashgan 32-sonli maktab taklifi 13048 ta ovoz bilan g’olib deb topilib, fuqarolar tashabbusi jamg’armasi mablag’lari hisobidan 1,2.mlrd so’m buyurtmachi tashkilot “Qashqadaryo viloyat hokimligi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan moliyalashtirilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarorida ko’rsatilgan yangi formula asosida hisoblangan tender natijalariga ko’ra, 2023-yilning 4-dekabr sanasida  “QARSHI TADQIQOT-KONSTRUKSIYA  MCHJ” 28,5 mln.so’mga loyiha muddatini 10 kunda bajarish sharti bilan loyihachi shartnomasini elektron imzolagan. Ekspertiza xulosasi 2024-yilning 5-yanvarida O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi “Shaharsozlik Xujjatlari Ekspertizasi” DUK tomonidan yig’ma ekspert xulosasidan o’tgan.

Tender natijalariga ko’ra, 2024-yilning 2-fevral sanasida  “KOINOT-YUPITER MCHJ” 1,1 mlrd.so’mga va qurilish muddati 90 kunda bajarish sharti bilan pudratchi shartnomasini elektron imzolagan. Hozirgi kunda pudratchi “KOINOT-YUPITER MCHJ”ga 484 mln.so’m mablag’ o’tkazib berilgan.

O’rganilganda quyidagilar aniqlandi: 

Binoning pol ishlari loyiha talabida bajarilmagan. Loyiha talabi asosida 1qatlam izol to’shama 8 smli sement qorishmasi ustidan emas, ostidan to‘shalgan. 4-Br setka o’rniga 3-Br setka o’rnatilgan. 8 smdagi sement-rastvor qorishmasi mustahkamligi uchun sinov labaratoriya xulosalari olingan.

Tom yopma ishlarida keramzit qatlam qalinligi loyiha talabida bajarilmagan. Loyiha talabida keramzit qatlam qalinligi 20 sm amalda esa ayrim joylarda 12 sm ayrim joylarda 16 sm qalinlikda keramzit qatlam o’rnatilganligi aniqlangan.

Pudratchi tashkilot “Koinot Yupiter” MChJ rahbari L.G’aniyev 32-maktabning ta'mirlash jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishini ma'lum qildi. 

Koson tuman Iqtisodiyot va moliya bo’limi