• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Fuqaroning uyi ta‘mirlab berildi

Kun : 25-04-2024   /   Hokimlik yangiliklari   /   O'qildi: 19

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanining “Quybog‘” MFYda aqlida nuqsoni bor 55 yoshli Safar Nazarov yolg‘iz va o‘ta nochor sharoitda kun kechirayotgani, undan mahalla raisi ikki yildan buyon xabar olmayotgani haqida xabar e'lon qilingan.  Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

Fuqaro turmushidan ajrashgan, 2-guruh nogironi. Hozirda opasi qaramog‘ida yashaydi.

U 2023 yil iyun-iyul oylarida “Quybog‘” mahallasi xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 1-sonli viloyat asab ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilib, davolanib chiqib, unga 2-guruh nogironligi tayinlanib, hozirgi kunda 800 ming so‘m nafaqa oladi, o‘zi muomalaga layoqatsizligi sababli opasi Z.Nazarovaga moddiy taʼminoti yuklatilgan.
Unga mahalla tomonidan bayramlarda tuman hokimligi va mahalla homiylari tomonidan sovg‘a-salomlar va oziq-ovqat mahsulotlari berib kelingan.

Shuningdek, uning yaqinda  mahalla tomonidan uy-joyi taʼmirlab berildi, muntazam holidan xabar olish yo‘lga qo‘yildi.