• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Rasmiy ma‘lumot

Kun : 14-09-2023   /   ---   /   O'qildi: 38

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumani hokimi A.Boykarayev tomonidan 9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yig‘ilish ishtirokchilari haqoratlangani aytilgan. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

Avvalo e‘lon qilingan xabarga e‘tibor qaratish darkor: xabar muallifiga kim murojaat qilgan, uning shaxsi aniqmi? Kim bu majlisdan jabr ko‘rgan? Afsuski, doimgidek, "Eltuz" tarmog‘ida e‘lon qilingan bu xabar anonim shaklda yozilgan bo‘lib, unda bo‘rttirish va yolg‘on ma‘lumotlar keltirilgan.

Haqiqatdan tuman hokimi shu yilning 9-sentyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazgandi. Yig‘ilish tafsilotlari haqida Koson tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritilayotgan rasmiy sayt kosont.uz va tuman hokimligi rasmiy telegram kanalida ma‘lumot berilgandi. 


O'tkazilgan yig'ilish haqida yoritilgan xabar linki: https://kosont.uz/hokimlik-yangiliklari/87-.html

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgandi, unda ma‘lum shaxsga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatilmaganini alohida eslatish joiz.

O‘shanda Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev tuman tashkiloti rahbarlari, mutasaddilarga murojaat qilib, paxta yig‘im-terimi ishlarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligini ta‘kidlagan. Ayniqsa terimda voyaga yetmagan bolalar,maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar, talabalar, byudjet tashkiloti xodimlari mehnatidan foydalanish majburiy mehnat sanaladi va bunga yo‘l qo‘yganlar jazolanishini tuman hokimi eslatib o‘tgandi.