• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Qarovsiz va chiqindixonaga aylangan ariq atrofi obodonlashtirilmoqda

Kun : 24-04-2024   /   Hokimlik yangiliklari   /   O'qildi: 19

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumani “Bunyodkor” MFY raisi Alisher Omonov mahalla hududidagi zovurni hech bir hujjatsiz ko‘mib, sotish ishlarini boshlab yuborayotgani tanqid ostiga olingan. Holatga aniqlik kiritilganda bu yer katta chiqindixonaga aylangani va mahalla tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari boshlangani, yer hech kimga sotilmagani ma‘lum bo‘ldi

Qo‘shimcha qilinishicha, bu joy 1980-1985 yillarda suv o‘tish arig‘i sifatida foydalanilgan. Shu vaqtdan buyon suv kelmagan va foydalanilmagan, natijada fuqarolar turli chiqindilarni tashlab ketishgan.

Buni inobatga olib, ariq yonidagi “Eshmurodov Bekmurod” fermer xo‘jaligi ishchisi Ro‘ziyev Sobirga chiqindixonani obod qilish va "Yashil makon" dasturi doirasida bog‘ barpo qilish uchun biriktirib berilgan.