• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Koson tumani hokimi yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi

Kun : 01-09-2023   /   Hokimlik yangiliklari / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 274

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar va tumanimiz ahli!
Bugun mustaqil O‘zbekistonimizda quvonchli va esda qolarli kunlardan biri Mustaqillik bayramini nishonlayapmiz. Chin ma‘noda bugun O‘zbekiston mustaqilligiga 32 yil to‘ldi. Qisqa fursatda mamlakatimizda katta o‘zgarishlar, yangilanish va bunyodkorlik ishlari bajarildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi bayramini munosib kutib olish va ushbu qutlug‘ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida tumanimizda ulkan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, hokim yordamchilari tomonidan 30058 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi, shundan 892 nafari yoshlar 1400 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlandi. Hokim yordamchilari tavsiyasi bilan 2657 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 48,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan jami 2933 ta oilaning 12868 nafar aʼzolari, shundan 2945 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar kiritilgan edi. 2676 ta oilaning 11916 nafar aʼzolari bosqichma-bosqich “Temir daftar”dan chiqarildi.

“Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 7655 nafar xotin-qizlar kiritildi. Ularning 94 % ga yordamlar ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan  2 mlrd 67 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Tumanda 30 yoshgacha 140 470 nafar, shundanm18-30 yoshdagilar 67604 nafar yoshlar bo‘lib, 5687nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Bugungi kunga qadar 4982 nafar yoshlar qo‘llab-quvatlandi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 mlrd 915 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

Tumanda 2022 yil 1 sentyabrdan 2023 yil  bugungi kunga qadar 116 ta obyektga jami 230 mlrd 324 mln so‘mlik qurilish taʼmirlash ishlarida 1120 nafar ishsiz aholi mavsumiy ish bilan taʼminlandi. Bunda har bir ishchi o‘rtacha bir oyda 4 mln so‘mdan 8 mln so‘mgacha maosh oldi.
 

Aholini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish dasturi doirasida tumanda 2022-2023 yillarda jami 32 ta ko‘p-qavatli uy-joylarni tadbirkorlar tomonidan qurilishi rejalashtirilgan, bugungi kunda 72 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 16 ta ko‘p-qavatli uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimligi tomonidan 73 ta kam taʼminlangan  fuqarolarga  uy- joylarini tamirlash uchun 765 mln so‘m mablag‘ evaziga uy-joylari taʼmirlab berildi, 5 nafar fuqarolarga 320 mln so‘mlik 5 ta ijtimoiy uylar, 4 nafar chin yetim fuqarolarga qiymati 695 mln so‘mlik 4 ta uy-joylar berildi.

Bundan tashqari, kam taʼminlangan, chin yetim, fuqarolarga  tadbirkor Nasimjon Xalilov tomonidan  14 ta qiymati 14 mlrd so‘m uy-joy, Shodmonov Mashrab tomonidan 15 ta qiymati 4.5 mlrd so‘mlik uy-joy qurib berildi. Tumanda bu kabi bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. 

Bugungi osoyishtalikdan, mana shunday tinch zamonda yashayotganimizdan shukronalik hislarini tuyib, mustaqilligimiz abadiy, tinchligimiz bardavom bo‘lishiga tilak  bildiraylik! Bayramlaringiz yana bir muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar, hurmatli kosonliklar!


Asrol Boykarayev, Koson tumani hokimi.