• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Rasmiy ma'lumot

Kun : 30-11-2023   /   ---   /   O'qildi: 24

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab qishda taʼmirlanishi to‘g‘rimi? Hududimizda maktab bo‘la turib, bolalarimiz uzoq masofaga qatnaydimi?” nomli xabar e‘lon qilingan. Ushbu xabar yuzasidan Koson tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi quyidagicha ma'lumot berdi.  

5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 1976-yilda qurilgan, 6 ta o‘quv binosidan iborat. Maktab  638 o‘ringa mo‘ljalangan bo‘lib, hozirda 2006 nafar o‘quvchilar 2 navbatda talim olib kelmoqda.
Maktab koeffitsenti  3,14  ni tashkil qiladi. Dargohni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida  747 mln so‘mga issiqlik tizimida ta‘mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek, maktab 2024-yil  investitsiya dasturi asosida 690-o‘rinli qo‘shimcha bino  qurish  va mukammal ta‘mirlash  dasturiga kiritilgan.  

Maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi,  tuman hokimligi  mutaxassislari  yig‘ilish o‘tkazib, ularga  o‘quvchilar  5-umumta‘lim maktabida bilim olishlari, qurilish-ta‘mirlash ishlari jarayonida mavjud binolar navbatma-navbat ta‘mirlanib foydalanishga topshirilishi belgilanganligi sababli maktab o‘quvchilar hech qanday boshqa hududga yoki boshqa ta‘lim muassasalariga ta‘lim olishlari uchun jalb etilmasliklari ta‘kidlandi.

Qurilish-ta‘mirlash ishlari jarayonida o‘quvchilarning xavfsizligini ta‘minlash maqsadida qurilish bo‘layotgan  obyekt  atrofi  to‘liq  o‘ralib,ularning xavfsizligi to‘liq ta'minlanadi.