• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Koson tumanida faoliyat olib borayotgan korxona 30 nafardan ortiq xotin-qizlar bandligini ta'minladi

Kun : 22-02-2024   /   Hokimlik yangiliklari / fotogalareya / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 40

Koson tumani "Mug'jagul" mahallasida faoliyati yo'lga qo'yilgan "Javohir Asl Sifat tekstil" korxonasida bugungi kunda turli xil bosh kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.
Korxona rahbari Jamshid G'afurovning aytishicha, hozirda bu yerda 30 dan ortiq xotin-qizlar bandligi ta'minlangan.
Korxonada bir kunda 1000 ta mahsulot tayyorlanadi va Respublikamizning turli hududlaridagi ichki bozorlarda sotiladi. Bu bosh kiyimlar sifatli bo'lgani uchun qisqa vaqt ichida o'z xaridorlariga ham ega bo'ldi.

Tadbirkorning ma'lum qilishicha, yil oxiriga qadar faoliyat kengayib, 50 kishini doimiy ish bilan band qilish reja qilingan.