• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev tumanimiz aholisiga murojaat qildi

Kun : 14-11-2023   /   Hokimlik yangiliklari / uzbekiston-yangiliklari / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 155
Bugun Koson tumani hokimi, 1-sektor rahbari Asrol Boykarayev tumanning 2023-yil 9 oyi davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari, kelgusidagi rejalar va "Yashil makon" umummilliy loyihasini hayotga tadbiq etish bo‘yicha murojaatnomasini o‘qib eshittirdi. Tadbirda deputatlar, korxona va tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tuman hokimining ta‘kidlashicha, "Yashil makon" loyihasining kuzgi mavsumida 500 mingga yaqin mevali va manzaralari daraxtlar ekilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Koson- Qarshi magistral yo‘li yoqasida kichik bog‘lar tashkil etilishi belgilangan. Bu borada mahalla faollari yoshlarga o‘rnak bo‘lishi va Koson tumanini "Yashil makon"ga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. 

Tuman hokimining murojaatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlariga ham e‘tibor qaratildi. Qayd etilishicha, Koson tumanida yil boshidan buyon tadbkirkorlik subyektlari soni 5479 tani  tashkil etib, 6450 ta fuqaroning bandligi ta‘minlangan. Joriy yilning 9 oyi davomida esa 1218 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 1420 ta fuqaroning ish bilan bandligi taʼminlandi. Yil yakuniga qadar 342 ta yangi tadbirkorlik subyektlarini ishga tushurish orqali 700 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘tgan 9 oy davomida 16 mln dollorlik investitsiyalar jalb qilindi. Yil yakuniga qadar 100 mln dollorlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish reja qilingan.

Murojaatda tuman hokimi mahalla tizimi xodimlariga qaratilgan e‘tibor va ular oldida turgan dolzarb vazifalarga ham to‘xtaldi.

"Hurmatli mahalla tizimi xodimlari! Prezidentimiz tomonidan bu tizimga qaratilayotgan e‘tiborni barchangiz ko‘rib, bilib turibsizlar. Siyosiy, iqtisodiy vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lmasin mahallalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ sarflanmoqda. Mahalla 5 talik tizimdan 7 talik tizimga o‘tkazilmoqda. Endi bahonaga o‘rin yo‘q, mahallada yuzaga keladigan barcha muammolarni joyida yechib, jinoyatchilik, ishsizlikni oldini olish, tadbirkorlikni rivojlantirish va barcha masalalarni mahallaning o‘zida yechishimiz shart. Biz hokimyat vakillari bu sohada sizga yaqindan yordamlashamiz",- dedi tuman hokimi Asrol Boykarayev.