• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Kosonda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilmoqda

Kun : 11-12-2023   /   Hokimlik yangiliklari / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 46
Qish-bahor mavsumida Koson tumani hududi aholisini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, mavsumda narx-navo oshib, tanqislik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator ishlar olib borildi.

Jumladan, tuman hokimligi yordami bilan bugungi kunda 12 ta yirik muzlatkich-omborxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda mahsulotlar zaxirasi yaratilmoqda.

Ana shunday zaxira omborxonalaridan biri "Koson Fayz Agro tayyorlov" MCHJda bugungi kunda ishlar qizg‘in. Hozirga qadar bu yerda 400 tonna sabzi, 30 tonna kartoshka, 109 tonna piyoz, 70 tonna guruch va boshqa mahsulotlar saqlanmoqda.

Ma‘lumot uchun, oziq-ovqat tanqisligini oldini olish  maqsadida tumandagi muzlatgichli omborxonalarda hozirda 4200 tonna mahsulotlar zaxirasi jamg‘arilgan.