• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Rasmiy munosabat

Kun : 11-03-2024   /   Hokimlik yangiliklari   /   O'qildi: 29

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nartichuqur mahallasidan o‘tgan yo‘l va kichik ko‘prik ta‘mirtalabligi haqida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Koson tumani Obodonlashtirish boshqarmasi quyidagicha ma‘lumot berdi.

"Hududdagi ko‘prik tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ta‘mirlanishi rejalashtirilgan. Mahallaning ichki yo‘li esa Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ta‘mirlanishi belgilab qo‘yilgan. Buning uchun hudud aholisi “Openbudjet” loyihasida faol bo‘lib, o‘z ko‘chasi uchun harakat qilishi lozim. Shuningdek, belgilangan dasturlar asosida mablag‘ ajratilsa, yo‘lda joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi mumkin", - deyiladi Boshqarmasi ma‘lumotida.