• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Koson tumani hokimligi uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ijtimoiy uy olib berdi

Kun : 06-06-2023   /   Hokimlik yangiliklari / fotogalareya / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 315

Koson tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar ro'yxati shakllantirilib, o'rganish ishlari o'tkazildi va ular ichidan dastlabki bosqichda 3 nafar xotin-qiz tanlab olindi.

Vazirlar Mahkamasining 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq byudjetdan 360 mln so'm mablag' ajratilib, hozirda Koson tumanining "Paxtazor" va "Lolazor" mahallalarida 3 ta uy xarid qilindi va uylar ta'mirlanib, "Toshko'prik" mahallasida yashagan X. Qodirovaga, "Obod" mahallasida yashagan N.Murodovaga va "Chorbog'" mahallasida yashagan Ch.Suyunovaga hadya qilindi.

Aytish joiz, qaror talablariga muvofiq ijtimoiy uylar  "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zida (shu jumladan, oila a’zolarida) mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar hamda voyaga yetgunga qadar ota-onasi yoki ulardan biri vafot etgan (bedarak yo‘qolgan) yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida istiqomat qilayotgan voyaga yetgan (18 yoshdan 35 yoshga qadar bo‘lgan), o‘zida (shu jumladan, oila a’zolarida) mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar- joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlarga beriladi.