• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Kosonda g'alla o'rim ishlari davom etmoqda

Kun : 05-06-2023   /   Hokimlik yangiliklari / fotogalareya / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 219
Ayni kunlarda g'alla mavsumi Koson tumanida uyushqoqlik bilan tashkil qilinib, yetishtirilgan hosilni yig'ib olish ishlari davom etmoqda. Jumladan, bu yil tumanning Beruniy hududida 54 nafar fermer 1050 gektar yerga g'alla ekdi.
Beruniy hududi raisi Najim Otanazarovning ma'lum qilishicha, 54 nafar fermerlar oldiga 3900 tonna g'alla topshirish belgilangan.

Bugun tongda hududdagi "Sanoqul Shoyim bobo" fermer xo'jaligida o'rim ishlari boshlab yuborildi. Ushbu fermer xo'jaligi bu yil 80 tonnaga yaqin hosil olishni reja qilib turibdi.