• Ishonch telefon: +99875 592 - 14 - 96
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Voyaga yetmagan qizaloqning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Kun : 19-04-2023   /   Hokimlik yangiliklari / Tuman yangiliklari   /   O'qildi: 2 318

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida ota o‘z qizini ayovsiz kaltaklayotganligi aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Koson tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, Koson tumani “Qorabayir” mahallasida yashovchi fuqaro R.Toshev (vaqtincha ishsiz, mavsumiy ishlar bilan band) 2002 yilda G. Sayidova  bilan qonuniy nikohdan o‘tib, turmushlari davomida bir o‘g‘il, bir qiz farzandli bo‘lishadi. Biroq G.Sayidova baxtsiz hodisa tufayli 2018-yilda  avtohalokatga uchrab vafot etadi. R.Toshev shaʼriy nikoh asosida M. Muysinova bilan turmush quradi va uning ham ikki nafar farzandi bor.
Voqea sodir bo‘lgan kuniyoq mazkur voqeadan mahalla xodimlari, tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi xabar topib, tuman ichki ishlar organlariga otaning harakati bo‘yicha xabar berilgan, o‘sha kuniyoq ekspertiza tayinlanib, hozirgi kunda xulosalari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘basi maʼsullari jalb qilinib, bolaning huquqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, ota-ona bilan ham alohida suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Hozirgi kunda qiz mahalla qaramog‘iga olingan hamda uning xavfsizligi taʼminlangan.

Bugungi kunda bolaning va otaning roziligi asosida uning vasiylikka berilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ota-ona tarbiya berishda insoniy fazilatlariga alohida ahamiyat berishi, do‘q-po‘pisalar bilan bolaga tarbiya berib bo‘lmasligi, tazyiqqa uchragan har qanday bola -  u kim bo‘lishidan qati nazar davlat tomonidan himoya qilinishi kafolatlanadi. Zero, bu hozirgi yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ham alohida modda bilan mustahkamlanmoqda.
Назад Вперед